Yoqubbek ijrosida «Devona» taronasini tinglaymiz!!!
Yosh estrada xonandasi Yoqubbek Qudratov o’zining yangi taronasini keng ommaga taqdim etishga shay turibdi. Yoqubbekning «Yolg’onchilar» taronasi ham musiqa shinavandalariga manzur kelgan edi. Umid qilamizki, «Devona» taronasi ham yaxshi natijalarni qayd etadi.
«Devona» tarona mualliflari bilan tanishtirib o’tamiz. Qo’shiq musiqasi g’oyasi Sherali Fayzievga mansub. Aranjirovka muallifi Ahmad Hojimatov, qo’shiq matni Mashrab g’azalidan olingan. Yoqubbek Qudratovning «Devona» nomli qo’shig’ini 30-yanvar kuni soat 18:20da «O’zbegim taronasi» radiosida, so’ngra 19:00da esa «Navro’z» radiosida tinglashingiz mumkin bo’ladi. Taronaning ilk tinglovchisi bo’lish imkoniyatini qo’ldan boy bermang. Prem’erani o’tkazib yubormang!!!