Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
17 Yan, 2012

«Yomg'irlar»ni sog'ingan Abduvali!!!

Abduvali RajabovAbduvali Rajabovning «Yomg'irlar» taronasi o'z vaqtida eng yaxshi qo'shiqlar sirasiga kirgan edi. Buni barchamiz yaxshi bilamiz. Bu tarona Abduvalining ijodida alohida ahamiyatga ega ekanligi ham hech kimga sir emas. Mana shu haqiqatni yana bir dalilini yaqin kunlarda ko'rishimiz mumkin.

Estradamizning yorqin yulduzi Abduvali Rajabovdan o'z muxlislariga yana bir sovg'asi bor. Bu sovg'a «Yomg'irlar» taronasining remiks talqinidir. Ushbu remiks talqinni tayyorlashda Sarvar Rahmatxo'jaevning bastakorlik mehnatlari talab etildi. So'zlari esa o'sha-o'sha, ya'ni Ibrohim Jiyanov qalamiga mansub. «Yomg'irlar» taronasining remiks talqini, oldingisidan farqli tomoni shundaki u mahzunroq ohangda muxlislar e'tiboriga xavola etilishi ko'zda tutilmoqda. Tez kunda ushbu qo'shiq tayyor bo'ladi va biz unga baho berish imkoniyatiga ega bo'lamiz.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 36 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *