Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
28 Fev, 2007

Yodgordan bahoriy taronalar…

Yodgor MirzajonovYodgor Mirzajonov… Ushbu san’atkorni tanimaydigan inson bo’lmasa kerak. Uning deyarli barcha qo’shiqlari, ayniqsa «Erkam» taronasi hit darajasiga yetdi. Xo’sh, hozirda Yodgor Mirzajonov nimalar bilan band? Yangi taronalarini qachon muxlislar hukmiga havola etadi? Bu kabi savollarga javob topish niyatida Yodgorga murojat qildik.

 »Hozirgi kunda yangi taronalar ustida ish olib bormoqdaman. 2 ta yangi taronam deyarli tayyor. Ular, Ubaydulla Karim musiqasi hamda Bobur Bobomurod so’ziga bastalangan «Izlayin seni» va Iqbol Muhammadjonov musiqasi va so’ziga ishlangan «Armon» nomli taronalardir. Ushbu qo’shiqlardan biriga klip ham suratga oldirish niyatidaman. Kelayotgan bahor ayyomlariga viloyatlardagi muxlislarga sovg’a tariqasida gastrol safarlarini uyushtiqmoqchiman», -   deya ma’lum qiladi Yodgor Mirzajonov. Demak, tez kunlarda Yodgor Mirzajonovdan bahoriy sovg’alarni kutib qolamiz…

Jahongir (JET) tayyorladi.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 60 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *