Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
2 Fev, 2008

Yodgordan ajoyib sovg’a!

Yodgor MirzajonovYoshlarning sevimli san’atkori hisoblangan Yodgor Mirzajonov, hozirgi kunda qizg’in ijod bilan band. Shu bilan birgalikda esa, muxlislari uchun ajoyib sovg’a tortiq qilishga qaror qildi. Qanday sovg’a ekanligi haqida bilishni istasangiz maqolaning davomiga razm soling!Uning muxlislari uchun eng aziz sovg’asi 4-yangi albomidir. Yangi albom «Erkam» deb nom oldi. Nima sababdan shunday nomlandi deb Yodgorga murojaat qilganimizda, u bizga quyidagicha javob berdi. «Chunki oxirgi repertuarlarim ichida «Erkam» taronasi muxlislar qalbidan chuqur joy oldi. Shu sababli aynan shu taronamning nomiga qo’ydim». «Erkam» albomida uning 14ta yangi taronasi o’rin olgan. Yodgor bu bilan cheklanib qolgani yo’q. U bahor oylarida o’tkazilishi rejalashtirilayotgan yakkaxon konsert dasturi uchun alohida tayyorgarlik ko’rmoqda. Sahna dekoratsiyasini yaratish uchun Xitoydan maxsus dekoratorlarni jalb qilgan.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 24 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *