Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
13 Sen, 2010

Yodgor Nosirov: «Shahzod bilan 10 yil avval tanishganmiz»…

Radius 21 va Yodgor NosirovTaniqli klipmeyker, «Radius 21″ guruhi yakkaxoni Shahzod G'ulomovning do'sti Yodgor Nosirovdan ham kichik suhbatni e'tiboringizga havola qilamiz. Yodgor ham Shahzodni yorqin hotiralar bilan yodga oladi.

Yodgor Nosirov: Shahzod o'rtog'im juda ham boshqacha inson edi. To'g'risini aytganda bu mudhish voqeani birinchilardan men eshitdim, desam ham bo'ladi. Birinchi bu xabarni eshitganimda hazillashishayapti, deb o'yladim. Lekin, yonida Umid ismli shogirdi bor, Umid bilan gaplashganimda Yodgor aka rostdan ham shunaqa ekan, adalari telefon qildilar, deganda o'zim bilmay qoldim qanday qilib avtomobilimga yetib borganimniyu, qanday qilib halokat sodir bo'lgan joyga yetib borganimni. Borsam, rostdan ham shu mudhish voqea yuz bergan ekan. Shahzod juda ham ajoyib inson edi, ota-onasini hurmat qiladigan, doimo yuzidan tabassum arimaydigan do'stim edi. Farzandlik bo'lganda ham, menga qo'ng'iroq qilib, farzandlik bo'ldim o'rtoq, tabrikla meni, deb rosa hursand bo'lgan edi.
Turkiya safaridan bir kun qaytayotganimizda, samalyotda «Dubay» nomli qo'shig'ini she'rlarini musiqalarini to'qib, birgalikda duet tarzida kuylamoqchi bo'lganmiz. Klipmeyker va xonanda hali shu kungacha duet kuylamaganini hisobga olsak, yangilik bo'lishi kutilgan edi.
Shahzod bilan bir 10 yildan buyon tanishmiz. Shahzod TTV kanalida faoliyat yuritgan vaqtda, men ham televideniyaga yangi ishga kelgan vaqtim edi. O'sha paytlarda tanishganmiz, yaqin do'st bo'lganmiz. O'qish vaqtida birgalikda bir xonadonda ham istiqomat qilganmiz. Ijodkor sifatida biz birga ijod qilar edik. U menga aytardi kliplar borasida o'z fikrini. Bastakor, shoir, xonanda, teleboshlovchi, xullas hamma kasbni bajara oladigan inson edi. Shuncha ijod qattan keladi senga, desam, kulib qo'yardi, o'rtoq ijodkormanda, deb. To'yida kuyovjo'ralik vazifasini ham o'zim o'taganman. Navoiy shahridan kelin olib kelganmiz Shahzodning uyiga.
Oilasiga o'z nomimdan, oilam nomidan, barcha muxlislar nomidan ta'ziya bildirib qolaman. Shogirdim Behzod G'ulomovga, adalariga, volidalariga, ayoliga sabr tilab qolaman.

Radius 21 va Yodgor Nosirov

Radius 21 va Yodgor Nosirov

Radius 21 va Yodgor Nosirov


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 66 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *