Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
21 Iyul, 2011

Yodgor Mirzajonov Fransiyalik rejissorlar bilan hamkorlik qilmoqchi!

Yodgor Mirzajonov«NTT» telekanalida Feruza Nodirova boshchiligida «Yaxshi kayfiyat» ko'rsatuviga boshlovchilik qilayotgan hamda ko'pchilik qizlarning yoqimtoy xonandasi bo'lgan Yodgor Mirzajonov ayni paytda «Tango» nomli taronasining remix talqinini ishlab, unga Umid Normurodov rejissorligi ostida klip ham suratga olish bilan mashg'ul. Shundan so'ng esa xonanda gastrol safari bilan Fransiyaga yo'l olishi mumkin ekan. Xo'sh, safardan maqsad nima?

Yodgorning Fransiyaga safar uyushtirishdan asosiy maqsadi yaratayotgan yangi 2ta qo'shig'iga klip oldirib qaytish. Bularning biri Nilufar so'zlari hamda Behzod musiqasi bilan bastalangan «Gulim» taronasi bo'lsa, ikkinchisi «Mana» deb nomlangan qo'shiqdir. Mananing muallifi Bobur Bobomurodga tegishli bolib, kuyini Shuhrat Bahodirov yaratgan. Bu ikki tarona uchun Yodgor Mirzajonov Fransiyaning tarixiy yodgorliklari oldida klip suratga olishni rejalashtirgan. E'tiborlisi, mazkur taronalarning klipi shartnoma asosida fransiyalik rejissorlar tomonidan suratga olinishi ko'zda tutilgan, deydi Yodgor Mirzajonov.

 

Yodgor Mirzajonov


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 114 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *