Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
31 Okt, 2006

Yodgor bilan on-line… Bu daxshat!!!

Yodgor MirzajonovJuda ham sodda va uyatchan xonanda bo’lmish Yodgor Mirzajonov bilan o’tgan «REAL ON-LINE» juda ham ajoyib tarzda o’tdi. Muxlislarning Yodgor tomon yo’llangan savollariga xonanda imkon qadar javob berdi. Eng asosiy savol «Yodgor uylangani rostmi?» degan savol bo’ldi…

Yodgor bu savolga javoban shunday dedi: «Yo’q men  hali uylanganim yo’q!!! Agarda uylanadigan bo’lsam, albatta www.Shou-bizneS.uz portali orqali barchaga ma’lum qilaman». Yodgor Mirzajonov sodda, uyatchan bo’lishiga qaramay anchagina sirli shaxs! U haqidagi turli ma’lumotlarga javob topish juda ham qiyin. Xonanda bizning «REAL ON-LINE» anjumanimizga tashrif buyurgan barcha muxlislariga ajoyib fotosuratlaridan tayyorlangan kalendarlarini taqdim etdi, albatta dastxati bilan! Ha aytgancha on-line anjuman chog’ida Yodgorning «Erkam» taronasiga ishlangan flash klipni pre’merasi bo’lib o’tdi. Bu flash klip Yodgorga juda ham ma’qul keldi, hatto uni «TV-Markaz» orqali ham namoyish etish niyati borligini yashirib o’tirmadi.

«REAL ON-LINE» vaqtida tushirilgan fotosuratlar


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 69 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *