Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Yil to’yi: Jasur G’oipov va Feruza!!!
25 Dek, 2014

Yil to’yi: Jasur G’oipov va Feruza!!!

Jasur G'oipov nikoh oqshomiBugun estrada olamida o’z o’rniga ega bo’lib borayotgan xonanda Jasur G’oipovning nikoh oqshomi bo’lib o’tdi. Toshkent shahrida joylashgan «Yakka Saroy» restoranida bo’lib o’tgan mazkur nikoh oqshomi tashrif buyurgan barchani hayratga sola oldi!!!

Eng avvalo restoranni mutlaqo kutilmagan holatda bezatilganligi barchaning diqqatini tortdi. Olamshumul tarzda bezatilgan «Yakka Saroy» mutlaqo boshqacha ko’rinishga kelgan. Dasturxonga tortilgan ne’metlar ichida qulupnoy, malina, uzum, shaftoli… xullas deyarli barcha mevalarni ko’rishingiz mumkin edi. Restoranga tashrif buyurar ekansiz «Yakka Saroy» eshiklari oldida to’shalgan katta buket gulni ko’rib yoqa ushlaysiz. Xullas, bu kabi bezatishlar haqida juda ko’p gapirish mumkin, ammo yaxshisi bularni aslida qanday ekanligini fotosuratlarda tomosha qilsangiz yaxshiroq bo’ladi. Nikoh oqshomida faqat eng nomdor yulduzlarni ko’rish mumkin edi. Yulduz Usmonova, Farruh Zokirov, Rashid Xoliqov, Shahzoda, Tohir Sodiqov, Sardor Rahimxon, Dj Piligrim, Lola va shu kabi faqat eng mashhur yulduzlar sahnada qo’shiq kuylashdi. Jasur G’oipov va Feruza esa kechaning haqiqiy shahzodasi va malikasi bo’ldilar. Biz ikki yoshga baxt saodat tilagan holda sizning e’tiboringizni fotosuratlarga qaratishni lozim topdik. Zero, bu kecha haqida qanchalik ko’p so’z yuritsak ham ozlik qiladi.

Quyida siz azizlar uchun nikoh oqshomi davomida hamkorimiz «Star Media» foto va video studiyasi fotosuratchisi G’ayrat Ubaydullaev tomonidan tushirilgan eksklyuziv fotosuratlar taqdim etilmoqda.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi, Tanlanganlar | 7 722 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *