Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
11 Apr, 2006

"Yil qo’shig’i" g’olibi AQSHga ketdi!

Davron Ergashev«Tarona taqdimoti 2006″da eng ahamiyatli «Yil qo’shig’i» yo’nalishida o’zining »Mario» taronasi ila «Tarona» mukofotini qo’lga kiritgan Davron Ergashev bugun erta tongda AQSH sari yo’l oldi. Davron Ergashevning bu ijodiy safari o’z ichiga 10 kunni olgan bo’lib, safar chog’ida bizning «Mario»miz yana bir yangi qo’shig’iga klip suratga tushirib qaytadi. Klipning g’oyasi haqida xonandamiz bizga so’zlab berdi. Biroq, bu keng omma uchun sir bo’lib qolishini, katta sovg’a bo’lishini istayotganini ta’kidlab, siz aziz muxlislardan sir tutishimizni so’radi. Biz sevimli xonandamizni hurmat qilgan holda, ularga bergan va’damizga vafo qilib klip g’oyasini sizdan sir tutamiz. Lekin, shuni alohida ta’kidlab o’tish o’rinli, klip haqidagi eng aniq va qiziq ma’lumotlarni aynan bizning saytimizdan eng birinchi bilib olishingiz mumkin. Faqat bizdan!


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 84 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *