Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
«Yil qo’shig’i 2014» ikkinchi kunidan fotoreportaj!!!
31 Yan, 2015

«Yil qo’shig’i 2014» ikkinchi kunidan fotoreportaj!!!

Yil qo'shig'i 2014SB.uz portali ijodiy jamoasi har bir konsert dasturidan maxsus fotoreportaj tayyorlashda davom etadi. Mana kecha siz azizlar uchun «Yil qo’shig’i 2014″ taqdirlash marosimining ilk kunidan fotoreportajni taqdim etgan edik. Bugun esa mazkur taqdirlash marosimining ikkinchi kunidan fotoreportajni havola qilmoqdamiz.

O’zbek estradasida chiroyli va mazmunli ijod qilib kelayotgan yulduzlar «Yil qo’shig’i 2014″ taqdirlash marosimida munosib taqdirlandilar. «Yoshlar madaniyat va san’at markazi» tomonidan O’zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi va «O’zbeknavo» estrada birlashmasi hamkorligida o’tkazilgan «Yil qo’shig’i 2014″ 2-qismli gala-konsertidan maxsus fotoreportajni albatta bizning portalimizda to’liqligicha kuzatish imkoniyatiga egasiz. Taqdirlash marosimining ikkinchi kunida qaysi taronalar g’olib chiqqanligini bilish menimcha barchaning eng qiziqtirgan ma’lumoti bo’lsa kerak. Shuning uchun sizlarni ko’p kuttirmagan holda, e’tiboringizni g’olib taronalarga qaratmoqchimiz:

Otabek Muhammadzohid — Telba denglar
Alisher Fayz — Yolg’on ekanku
Ziyoda — Sevadi yorim mani
Shohruhxon — Mening qo’shig’im
Rayhon — Izlama
Dilfuza Rahimova — Leley
Bahrom Nazarov — Ayrildim
Ummon — Eslab qol
Shahzoda — Qaynona
Bojalar — To’ylar muborak

Yuqorida nomlari aytib o’tilgan barcha tarona turli xil yoshdagi tinglovchilarga manzur bo’lgan taronalardir. Ular orasida men ham sevib tinglaydigan qo’shiqlarimdan Ziyoda, Shohruhxon, Rayhon, Shahzoda va «Bojalar» guruhi ijrosidagi qo’shiqlarni ajratib ko’rsatishim mumkin. Darhaqiqat bu taronalar yil qo’shig’i bo’lishga loyiq taronalardir. Mazkur taqdirlash marosimi endilikda har yili o’tkazilishi va chiroyli an’anaga aylanishini hisobga oladigan bo’lsak, quvonmasdan iloj yo’q. Umid qilamizki, mana shu kabi taqdirlash marosimlari ijodkorlarga yanada yaxshiroq ijod qilishlariga sababchi bo’ladi.

Quyida siz azizlar uchun konsert dasturi davomida hamkorimiz «Star Media» foto va video studiyasi fotosuratchisi G’ayrat Ubaydullaev tomonidan tushirilgan eksklyuziv fotosuratlar taqdim etilmoqda.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi, Tanlanganlar | 3 303 ta o'qildi | 1ta izoh

COOL.SB.uz -

1ta izoh

  1. JAHONGIR va shahruxon va SHAHZODA ijodingizga omad tilayman.. Asalomualekum. Men muhlisingiz

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *