Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
4 Apr, 2011

«Yigitlar»dan 3 ta tarona bir vaqtda!!!

O'zbek estradasida asta-sekin bilan o'z muxlislarini topayotgan yangi guruhlardan hisoblanmish «Yigitlar» guruhi, (Akmal va Kozim) mana bir necha kunlardan buyon yangidan-yangi taronalar yaratish bilan bandlar. Ularning shu kunlarda 2 ta yangi «Sog'indim» hamda «Bo'lamiz baxtli» nomli qo'shiqlari tayyor!

Ayni paytda esa «Sog'indim» qo'shig'iga klip ishlangan! Yaqin kunlarda «Bo'lamiz baxtli» taronasiga ham klip olish rejalashtirilmoqda! Bundan tashqari, «Yigitlar» guruhining a'zolari Akmal hamda Kozim hozirgi kunda yangi, sho'x tarzda kuylangan «Erkam» nomli taronalari ustida ham qizg'in mehnat qilishmoqda! Ko'ramiz, taronalar ketma-ketligi muxlislarni qanchalik o'ziga rom eta olarkan. Biroq bundan «Yigitlar» guruhining ko'ngli to'q.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 27 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *