Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Yigitali Rayhonga hiyonat qildimi?
30 Dek, 2014

Yigitali Rayhonga hiyonat qildimi?

Manzura - BorsanBugun bizga kelib tushgan fotosuratlar orasida barchaning diqqatini tortadigan bir fotosuratga duch keldik. Ushbu fotosuratda Yigitali Mamajonov Rayhon bilan emas, boshqa bir qiz bilan avtoulov oldida turishibdi. Qiziq, bu fotosurat yana nimalarni anglatar ekan…

Biz sizlarga taqdim etayotgan fotosurat aslida Manzuraning yangi «Borsan» nomli taronasiga suratga olinayotgan klipdan lavha edi. Bugun Sanjar Matkarimov boshchiligidagi klipmeykerlar guruhi Manzuraning yangi klipini suratga olish bilan bandlar. SB.uz portali ijodiy jamoasi esa mazkur jarayondan maxsus reportaj tayyorlash uchun suratga olish maydoniga, ya’ni «Samarqand Darvoza» savdo markaziga tashrif buyurdi. SB.uz portali fotomuxbiri suratga olish maydoniga tashrif buyurgan chog’da qiziqarli klipning voqeaviy sahnalarini suratga olish davom etayotgan edi. Klipda bosh rolda Yigitali Mamajonov suratga tushayotganligi ma’lum bo’ldi. Klip voqeasi haqida hozirdan ma’lumot berib o’tirmaymiz, zero keyin qizig’i qolmaydi. Yaxshisi klip chiqqanida barchasini tomosha qilib bilib olasiz. Eng muhimi yuqorida so’z boshlaganimizdagi fotosurat aslida Manzuraning yangi klipdan bir lavha edi, xolos. Darvoqe, bevosita «Borsan» taronasi haqida to’xtalib o’tadigan bo’lsak, mazkur tarona musiqasi Manzuraning o’ziga tegishli, so’zlari Bobur Umarov qalamiga mansub, musiqiy sayqal esa Robert Mirzoyan tomonidan berilgan. Tez kunda mazkur klip ham portalimiz orqali qarshi olishingiz mumkin bo’ladi.

Quyida siz azizlar uchun klip jarayoni davomida hamkorimiz, fotosuratchi Muhammad Ziyo tomonidan tushirilgan eksklyuziv fotosuratlar taqdim etilmoqda.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi, Tanlanganlar | 5 643 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *