Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
22 Iyun, 2006

Yayrani joniga nima tegdi? Yohud yana bir prem’era!

YayraMaftunkor estradamiz yulduzlaridan biri Yayra o’z muxlislari hukmiga yana bir yangi taronasi havola etishga tayyor. «Jonga tegdi» nomli Yayraning yangi taronasi sho’x tarona bo’lib, avvalgi «Armon», «O’zga dunyo» kabi qo’shiqlardan tubdan farq qiladi. Ko’proq, xonanda ijodidagi «Yayraman» taronasini yodga soladi. Ishonmaysizmi? Marhamat, saytimizning «MP3 BASE» sahifasidan ko’chirib olib, o’zingiz bunga ishonch hosil qilishingiz mumkin. Darvoqe, qo’shiqning prem’erasi aynan bizning saytda bo’layotganini alohida ta’kidlab o’tish o’rinli. Hali hech bir radio yoki konsert zallarda yangramagan bu taronani faqatgina bizning saytdan ko’chirib olib tinglashingiz mumkin. Ha, aytgancha, Yayra ham ko’p boshqa xonandalar singari 25-26 iyun kunlari bo’lib o’tadigan «Tarona bitiruvchi — 2006″ gala konsertida ishtirok etadi.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 42 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *