Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
30 Mart, 2006

Yasminaga kutilmagan sevgi izhori!!!

YasminaEstradamizning yosh yulduzlaridan biri Yasmina ayni kunda Italiyada. Aslida Yasmina u yerga bir qator ijodiy shartnomalarni imzolab, o’z san’atini rivojlantirish maqsadida yo’l olgan edi. Biroq, har doim ham rejalaringiz o’ylaganingizdek amalga oshavermas ekan. Gapni qisqasi bizning Yasminamiz o’z «week-end»ini, ya’ni dam olish kunlarini butun jahon mashhur insonlari dam oladigan bir orolda o’tkazibdi. U yerda esa kutilmaganda bir italiyalik «MACHO» sevgi izhor qilibdi!Bu italiyalikning asli kelib chiqishi ispaniyalik ekan. Qolaversa, juda ham badavlat ekan. Villalari-yu, bir nechta ajoyib avtomobillarini aytib o’tirmasa ham bo’ladi. Oshiq yigit hatto Yasminani qo’lini, so’ng yuragidan joy berishini so’rabdi. Agarda menga turmushga chiqsang, men senga butun borlig’im va boyligimni haqya etaman, degan «MACHO»ning muhabbati Yasminahaqiqiyga o’xshaydi.
Yasminaxonim esa nima qilarini bilmay qolgan. Bu tarafda yurti O’zbekiston, juda ko’plab muxlislari, san’at, ikkinchi tarafda esa go’zal hayot, sevimli yor. Siz Yasminaga nimani maslahat bergan bo’lar edingiz, u qanday yo’l tutgani ma’qul. Sizning fikringiz Yasmina uchun muhim.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 132 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *