Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
11 Iyul, 2007

Yasmina turmushga chiqadi!…

YasminaXabaringiz bor, Yasmina yaqindagina Akbarning klipida bosh ayol rolini qoyilmaqom qilib ijro etib berdi. Uning ijrosi nafaqat klipmeykerga, balki Akbarning o’ziga ham manzur bo’ldi. Shu kunlarda esa u »Tarona records» studiyasida yangi rus va o’zbek tilida tarona yaratish bilan band.«Miliy» va «Sensan» deb nomlangan ushbu qo’shiqlarini matni Shahnoz, musiqasi Robertga tegishli. Tez kunda taronalarni  FM to’lqinlari orqali tinglashingiz mumkin. Yasminaning ta’kidlashicha, mazkur qo’shiqlar 100% hitga aylanar emish. Buni albatta vaqt ko’rsatadi. Shuningdek, «Aylanma» nomli yana bir taronasiga klip suratga oldi. Klipmeyker Baxtiyor Alimov. So’zi Shirin G’ofurova, qo’shiqning aranjirovkasi Shuhrat Artikovga tegishli. Klip juda ham antiqa. Unda siz Yasminani turmushga chiqqanini ko’rishingiz mumkin. Albatta bu faqatgina klip uchun o’ylangan g’oya.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 75 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *