Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
5 Yan, 2007

Yasmina muxlislar olqishida…

Yasmina24 dekabr kuni soat 19:00da «Zarafshon» kinokonsert zalida Yasmina o’zining ilk albomi taqdimotini o’tkazdi. Bu haqda sizga avvalroq xabar bergan edik. Ana endi esa taqdimot qanday o’tganligi haqida sizga ma’lumot beramiz.«Yasmin guli» deb nomlangan va o’z ichida 11 ta qo’shiqni olgan albom taqdimoti kutilgandanda a’lo darajada o’tdi. Yasminani qo’llab-quvvalatlash uchun uning yaqin san’atkor do’stlari tashrif buyurishdi. Jumladan, Samandar, Firdavs, Yagona, Aziz Rametov, Malika, «Janona» guruhi hamda Sitora Ahmedova. Albom taqdimotini olib borish Rashid Shadat hamda Iroda (radio «Hamroh» boshlovchisi) zimmasiga yuklatilgan edi. Ular o’z vazifalarini juda ham yaxshi bajarishganligini olqishlardan ham payqash qiyin emas edi. Albom taqdimotiga tashrif buyurganlar nafaqat taqdimotda ishtirok etib, ajoyib taronalarni tinglashdi, balki homiylar tomonidan taqdim etilgan sovg’alarni ham qo’lga kiritishdi. Sahna bezagi ham odamni o’ziga tortib turardi.  Ana endi kecha sababchisi bo’lmish Yasmina haqida ham to’xtalsak, xonanda o’sha kuni juda ham sohibjamol ko’rinishda, xuddi malikalar singari edi. «O, lalli…», «Yasmin guli», «Yuragimda borim» kabi taronalari kuchli olqishlar ila qarshi olindi. Shu o’rinda konsert tashkilotchilarini ham tanishtirib o’tish o’rinli. «Seniora Kerimova & Fartuna» prodyuserlik markazi tomonidan ilk bor uyushtirilgan konsert yuqori darajada o’tganligi ularning asosiy yutug’i deb aytishimiz mumkin.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 36 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *