Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
20 Yan, 2010

Yasmina katta sahnani tark etdi?!

YasminaEstrada xonandasi Yasmina so'nggi paytlarda ancha kamnamo bo'lib qolganini sezgan bo'lsangiz ajab emas. Bu holat bizni ham e'tiborimizdan chetda qolmadi va Yasmina bilan bu borada bog'lanishga qaror qildik.

Yasmina ayni damda ijoddan biroz chetlashganini va katta sahnani vaqtinchalik tark etganligini ma'lum qildi. Hozirda Yasmina qo'shiqchilik san'atini boshqa bir yo'nalishiga qiziqib qolganligini ham xabar berdi. Jaz hamda blyuz yo'nalishlarida ijod qilib ko'rishga qaror qilgan. Hozirda shu yo'nalish sir-asrorlarini o'rganish iuchun ko'p e'tiborini qaratmoqda. U endilikda bu yo'nalishdagi qo'shiqlarini faqatgina o'z do'stlari davrasida ijro etishni maqsad qilib qo'ygan. Keyinchalik agarda bu yo'nalishni mukammal o'rgana olsa jiddiy kirishishi ham mumkinligini yashirmadi.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 36 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *