Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
2 Iyul, 2006

Yasmina Italiyadan qaytdi!

YasminaBugungi kunda maftunkor xonandalarimiz bisyor. Ularning safiga kiruvchi Yasmina yaqindagina Italiyadan qaytdi. Avval xabar berganimizdek, Yasmina Italiyaga o’zining «Yasmin guli» deb nomlangan qo’shig’iga klip tasvirga tushirish niyatida yo’l olgan edi. Lekin bir oyga mo’ljallangan safar kutilmaganda besh oyga cho’zilib ketdi. Buni qarangki Yasmina Toshkentga qaytishi bilan yana ijodga sho’ng’ib ketgan. Kelgan kunining ertasidan boshlab studiyaga, shoir va bastakorlar yoniga yugurgani yugurgan. Yangidan yangi qo’shiqlar yaratishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan. Bu ijodiy yangiliklardan tez kunda aynan bizning internet portalimiz orqali eng birinchi ma’lumotga ega bo’lishingiz mumkin. Shuningek, «Yasmin guli» deb nomlangan qo’shiqqa ishlangan ajoyib klipni tez kunlarda «CLIPS BASE» sahifasidan ko’chirib olishingiz mumkin bo’ladi. Hozircha esa Yasminaning Italiya safarida tushgan fotosuratlaridan eksklyuziv tarzda «Fotogalereya» sahifasiga tashrif buyurib bahramand bo’lishingiz mumkin.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 51 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *