Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
13 Noy, 2007

Yasmina bilan birga sayohat qiling!

Yasmina xorijdaO’zbek estradasida porlab borayotgan yulduz Yasmina, yaqindagina uzoq muddatli safardan Toshkentga qaytdi. Safar haqida ma’lumot ollish uchun biz u bilan bog’lanishga qaror qildik.

Biz Yasmina bilan bog’langanimizda u ko’tarinki kayfiyat bilan safar taasurotlarini bayon eta boshladi. Yasmina bir qator xorijiy davlatlarda bo’lganligini va gastrol konsert dasturlarini taqdim etganligini aytar ekan, Italiyaga uyushtirilgan safari haqida alohida to’xtalib o’tishni lozim topdi. Yasmina u yerda bo’lganida Italiyaning markaziy telekanallaridan biri «Kai 1″ telekanalidagi «Go’zallik va ovoz» ko’rsatuvida qatnashdi. Ahamiyatli tarafi shundaki, Yasmina bu ko’rsatuvda xalqaro mehmon sifatida O’zbekiston nomidan ishtirok etdi va o’zining «Sensan» nomli qo’shig’ini ijro etdi. Bu qo’shiq italiyalik san’atsevar muxlislarga ham manzur bo’ldi. Xattoki, ushbu qo’shiqni ingliz yoki italiyan tilida ham ijro etishni taklif qilishdi. Yasmina aynan mana shu taklif ustida bosh qotirmoqda. «Men u yerda bir qator taniqli shaxslar bilan tanishishga muvaffaq bo’ldim», — deydi biz bilan suhbatda Yasmina. Hozir Yasmina O’zbekiston viloyat va shaharlari bo’ylab bir nechta konsert dasturlarini taqdim etishni rejalashtirmoqda. Biz sizga Yasmina bilan birgalikda xorijiy davlatlar bo’ylab sayohat uyushtirishni taklif qilamiz. Qanday deysizmi?! Albatta eksklyuziv fotosuratlarni tomosha qilgan holatda.

Yasmina xorijda

Yasmina xorijda

Yasmina xorijda

Yasmina xorijda

Yasmina xorijda

Yasmina xorijda

Yasmina xorijda

Yasmina xorijda

Barcha fotosuratlarni tomosha qilish


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 30 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *