Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
5 May, 2006

“Yarim baxt” kinokartinasining taqdimot marosimi.

Yarim baxtBugun soat 17:00da Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyida “Yarim baxt” kinokartinasining taqdimot marosimi bo’lib o’tdi. Mazkur kinokartinada o’zbek estradasining bir qator yulduzlari o’ziga xos obrazlarni talqin etishgan. Jumladan, Lola, Samandar, Shohruhxon, Jahongir Poziljonov (“Bojalar”), “Setora” guruhi, Jahongir Otajonov, Aziz Rametov va boshqalar. Taqdimot marosimiga tashrif buyurganlarda film turli xil taasurot qoldirdi. Kimdir ijobiy fikr bildirsa kimdir salbiy fikr bildirdi. Albatta hammaning o’z fikri bor, fikrini bildirishga haqli. Biroq asosiy bahoni tomoshabin beradi. “Yarim baxt” filmi voqealari 1985 yildan boshlanib, bugungi kungacha bo’lgan vaqt bosib o’tiladi. Aynan mana shu o’tgan vaqt mobaynida bir oilaning tarixi bayon etiladi. Debyutant rejissor Zebo Navro’zovaning ilk ishi taqdimot marosimida yaxshi kutib olindi.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 51 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *