Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
26 Avg, 2006

Yangicha uyg’unlik va yangicha uslub

MalikaYosh bo’lishiga qaramasdan, unumli ijod qilayotgan Malika, shu kunlarda 3 ta yangi taronaga qo’l urdi.Bu 3 ta tarona bir–biridan tubdan farq qiladi. Qo’shiqlarning uslubi haqida to’xtalib o’tsak: 1 qo’shiq R & B yo’nalishidagi qo’shiq, hali hech bir ayol xonanda tarafidan kuylanmaganligi bilan farq qiladi. 2 qo’shiq sharqona-arab yo’nalishida kuylangan qo’shiq. 3 qo’shiq esa sokin ma’yus tarzda kuylanadigan tarona. Ma’yus kuylanadigan taronaga Malika Bahodir Yo’ldoshev bilan hamkorlikda yangi ta’sirchan klip suratga olishni rejalashtirgan. Ushbu taronalarning barchasini xonanda kuz oylarida muxlislarning hukmiga taqdim etadi. Yaqinda portalimizda bo’lib o’tadigan on–line anjumanimizda xonanda muxlislariga 3 ta taronaning nomi qanday ekanligi haqida xabar beradi. Yana shuni aytib o’tishimiz joizki, hozirda xonanda ushbu taronalarga atab yozilgan qo’shiq matnlarini ko’rib chiqmoqda. Barcha tarona muxlislarning ko’nglidan chuqur joy olishi uchun xonanda matnlar ustida ishlamoqda. Malika shu fursatdan foydalanib, portal muxlislariga va ijodkorlariga katta minnatdorchilik bildirib, ijodidagi barcha eng yangi va eksklyuziv ijod mahsulini taqdim qilishini ma’lum qildi. Malika: portalni kuzatishdan hech charchamang!


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 51 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *