Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
6 Yan, 2007

Yangi YULDUZLI loyiha!

Yulduz UsmonovaO’zbek primadonnasi, barchamizning sevimli yulduzimiz Yulduz Usmonova har doim turli-tuman loyihalar o’ylab yurishi hech kimga sir emas. Ayni kunlarda yulduzimiz yana bir loyihaga qo’l urgan. Qanday loyiha deysizmi? Yulduzlarni birlashtiruvchi loyiha!

Mashxur shoirimiz Erkin Vohidovning yaqinlashib kelayotgan yubileyi arafasida Yulduzxon Usmonova yangi loyiha ustida qizg’in tayyorgarlik ishlarini olib bormoqda. Ushbu loyiha — Erkin Vohidovning she’rlariga yangi qo’shiqlar yaratib, ularni albom ko’rinishida chiqarishdir. Albom fevral oyida sotuvga chiqarilishi rejalashtirilgan. Hozirgi kunga qadar ushbu albomga Yulduz Usmonova bilan birgalikda quyidagi san’atkorlar yangi qo’shiqlarini tayyorlab qo’ydilar:

Mavluda Asalxo’jaeva
Shahzoda
Shuhrat Qayumov
Nilufar Usmonova va Shohruhxon

Tez kunlarda boshqa mashxur qo’shiqchilar ham ushbu loyihaga o’z xissalarini qo’shadilar. May oyida esa loyihada ishtirok etayotgan yulduzlarimiz ishtirokida katta konsert ham uyushtirish mo’ljallangan.

Siz, aziz muxlislar, qaysi san’atkorlarning qatnashishini istardingiz?


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 75 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *