Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
3 Yan, 2009

Yangi yilda yangi guruh!

100 % guruhiO’zbek shou-biznes olami kundan-kunga rivojlanib bormoqda. Albatta bu ijobiy holat. Bugun esa ularning safi yana bittaga ko’paydi. Bu yosh ikki ijodkor yakkaxon sifatida emas, balki guruh sifatida san’at olamiga kirib kelishdi. Guruh nomi ham antiqa, ya’ni «100%»!

Timurni siz avval shoir sifatida bilar edingiz. Ko’pchilik estrada xonandalari uchun she’r yozib bergan, hozirda ham yozib kelmoqda. Sherzod esa uning sinfdoshi hisoblanadi. Ikki do’st birlashib, guruh tashkil qilishni anchadan buyon rejalashtirib kelishgan. Yangi yilda ularning bu orzulari amalga oshdi. Hozirda «100%» guruhining «Kim bor» va «Qattan shuncha mahorat» taronalari FM to’lqinlari orqali jarang sochmoqda. Tez kunda «Qattan shuncha mahorat» qo’shig’i uchun ishlangan maxsus klip prem’erasi sevimli portalingiz SB.uz da bo’lib o’tadi. Guruh a’zolarining ilk fotosuratlarini esa hozirdanoq tomosha qilib baho berishingiz mumkin. »100%» guruhiga barcha insonlar o’zlarining yordamlarini ayamay kelishmoqda. Ularning qatoriga bastakor Doniyor A’zamov va Aziz, xonanda va bastakor Jakhongir.uz ni misol qilib keltirish mumkin.

100 % guruhi

100 % guruhi

100 % guruhi

100 % guruhi

100 % guruhi

100 % guruhi

100 % guruhi


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 57 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *