Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Yangi tarona: Ulug’bek Rahmatullaev — «Vatan»!!!
9 Avg, 2014

Yangi tarona: Ulug’bek Rahmatullaev — «Vatan»!!!

Ulug'bek RahmatullaevVatanni sevmoq iymondandir!!! Juda ham chiroyli so’zlar!!! Mana shu so’zlarga qurilgan yangi tarona ijrochisi bugungi kunning eng yorqin yulduzlaridan biri Ulug’bek Rahmatullaev hisoblanadi. Yoshlarni Vatanparvarlikka chorlashga kirishgan Ulug’bek Rahmatullaevdan yangi taronani qarshi oling!

«Vatan» deb nomlangan qo’shiqni bugun biz siz azizlarga taqdim etamiz. Albatta Ulug’bek Rahmatullaev ijrosidagi taronani. Ulug’bek Rahmatullaev bu taronani yozib bitirguniga qadar, bir necha oy ijod qildi. Bu taronani dunyoga kelishida yaqindan hissa qo’shgan ijodkorlar bilan sizlarni tanishtirib o’tsak. Bastakor Alisher Tayr, aranjirovka muallifi Rustam To’lashev, qo’shiq so’zlari Mirolim tomonidan yozilgan.
Bu tarona yaqinlashib kelayotgan Mustaqillik bayramimiz uchun yoshlarga ajoyib sovg’a bo’lsa ajab emas. Ulug’bekning ushbu taronasi tez orada yoshlarning tilidan, qolaversa dilidan o’rin egallasa ajab emas. Mana shu kabi Vatanparvarlik ruhidagi taronalardan ko’proq bo’lsin, Ulug’bek deb qolamiz biz ham!!!

Ulug'bek Rahmatullaev - Vatan (99)


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 441 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *