Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Yangi tarona: Shoxjahon — «Kel»!!!
20 Yan, 2015

Yangi tarona: Shoxjahon — «Kel»!!!

ShoxjahonTanishing estrada olamida yana bir yangi nom o’zining ilk ijodiy qadamlarini qo’ymoqda. Bugun sizlarga tanishtirmoqchi bo’lgan xonandamiz ismi Shoxjahon. U aslida san’at olamiga bir qator qo’shiqlarning matn muallifi sifatida kirib kelgan bo’lsa, bugun o’zining ilk taronasini bizning portalimiz orqali taqdim etmoqda.

Keling avvalo sizlarga Shoxjahonning matn muallifi sifatida yuritgan faoliyati haqida qisqacha ma’lumot berib o’tsak. Shoxjahon Jasur Umirov ijrosidagi «Atirgul» va «Mariya» taronalarini, Yoqubbek Qudratov ijrosidagi «Majnuntol» hamda Botir Yaminov ijrosidagi «Yomondan» taronalarini matn muallifi hisoblanadi. Uning ilk yakkaxon taronasi esa «Kel» deb nomlanadi. Mazkur qo’shiq matni ham aynan Shoxjahonning ijodidan bo’lib, tarona musiqasi ustida Sunnat Ahmedov va Axror Murodov ish olib borishgan. Yaqin orada ushbu qo’shiqqa klip ham suratga tushirilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, Shoxjahon «Bekat» nomli yana bir yangi tarona ustida ish olib bormoqda.

Shoxjahon - Kel (219)


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 762 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *