Yangi tarona: Shohruhxon — «Yangi qo’shig’im»!!!
SB.uz portali orqali endilikda muxlislar uchun yangi taronalarni ham imkon qadar taqdim etishga harakat qilmoqdamiz. Bugun siz azizlarga bir necha soat ilgari «O’zbegim taronasi» radiosi orqali prem’erasi bo’lib o’tgan, Shohruhxon ijrosidagi «Yangi qo’shig’im» taronasini taqdim etmoqdamiz.
Sho’x va quloqqa tezda o’rnashib oladigan «Yangi qo’shig’im» taronasi sizlarga ham manzur bo’lsa ajab emas. Zero, so’nggi yillarda Shohruhxon ijrosidagi qo’shiqlarning barchasi musiqa ixlosmandlarini diqqatini o’ziga tortmoqda. Portalimiz orqali sizlar uchun taqdim etilayotgan «Yangi qo’shig’im» taronasi musiqasi Shohruhxonning o’ziga tegishli, matn muallifi esa Bobur Umarov, aranjirovka muallifi Jasur Badalboev hisoblanadi. Marhamat, yangi tarona ko’chirib olib tinglang va unga baho bering!!!
Shohruhxon - Yangi qo'shig'im (363)