Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Yangi tarona: Shohruhxon — «Komila qiz»!!!
23 Yan, 2015

Yangi tarona: Shohruhxon — «Komila qiz»!!!

PhotoMania ShohruhxonQizlarning yoqimtoyi, estradamiz yulduzi Shohruhxondan yakkaxon konsert dasturi arafasida yangiliklar ketma-ket taqdim etilmoqda. Bugun biz sizlarga Shohruhxon ijrosidagi yana bir yangi taronani taqdim etmoqchimiz. Bu tarona sizlarga juda ham yaxshi tanish!!!

«Komila qiz» — bu nomni o’zi hit degan tushunchani berib turadi! Marhum xonanda Muhriddin Xoliqov ijrosidagi «Komila qiz» nomli hit tarona yangi talqinda, Shohruhxon ijrosida jarang sochadi. Qiziq-a? Bunday taronani san’atga u qadar qiziqmaydigan inson ham qiziqib tinglab ko’rishi shubhasiz. «Komila qiz» taronasining yangi talqiniga musiqiy sayqal Jasur Badalboev tomonidan berilgan. Ijroga ham, yangi musiqiy sayqalga ham a’lo baho qo’yish mumkin! Shohruhxonga esa konsert oldidan omadlar yor bo’lishini tilab qolamiz!!! Quyida esa albatta sizni yangi tarona prem’erasi kutib turibdi! Marhamat, tinglang va madaniy xordiq oling!!!

Shohruhxon - Komila qiz (234)


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 981 ta o'qildi | 1ta izoh

COOL.SB.uz -

1ta izoh

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *