Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Yangi tarona: Munisa Rizaeva — «Yorim»
19 Apr, 2014

Yangi tarona: Munisa Rizaeva — «Yorim»

Munisa RizaevaMunisa Rizaeva ijodiy faoliyatini to’xtatmagan holda yangidan yangi qo’shiqlarini keng omma hukmiga taqdim etishda davom etmoqda. O’zbek estradasining bugungi kundagi yorqin yulduzlaridan biri Munisa bugun siz azizlarga o’zining yana bir yangi qo’shig’ini bizning portalimiz orqali taqdim etmoqda.

Munisa Rizaeva ijrosidagi yangi qo’shiq «Yorim» deb nomlangan bo’lib, mazkur tarona matn va musiqa muallifi Eldor Qayumov hisoblanadi, aranjirovka esa Jasur Badalboevga tegishli. Ayni kunlarda ushbu tarona uchun klip suratga tushirish ishlari borasida tayyorgarliklar olib borilmoqda. Klip Narimon Sultonxo’jaev tomonidan suratga tushiriladi. Yangi tasvirga olinajak klip voqeaviy tarzda tasvirga tushirilishidan ham xabardor bo’ldik. Demak, tez orada yana bir ajoyib klipni qarshi olishimiz mumkin. «Yorim» taronasi uchun klip suratga olish ishlari 29-30 aprel kunlari bo’lib o’tishi rejalashtirilmoqda.

Munisa Rizaeva - Yorim (147)


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 642 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *