Yangi tarona: «Diyor» — «Salom salom»!!!
O’zbek estradasida o’z o’rnini topish uchun intilayotgan yosh guruhlardan biri «Diyor» guruhidan yaqindagina bir ijod namunasini siz azizlarga tortiq etgan edik. Bugun ushbu guruhdan yana bir yangi taronani qarshi olishingiz mumkin. «Diyor» guruhidan yangi tarona «Salom salom» deb nomlanadi.
«Diyor» guruhining «Salom salom» nomli taronasi Furqat Qurbonov musiqasi, Farruh Sohib so’zi va Jamshid Gafarov aranjirovkasi bilan kuylangan bo’lib, tarona sho’x, raqsbop uslubda kuylangan. Qo’shiqni bir bor siz ham tinglab ko’ring va unga o’zingiz baho bering! Quyida «Diyor» guruhidan bir qator fotosuratlarni ham sizlarga havola qilmoqdamiz.