Yangi nom: Suraj! U hindistonlikmi?
O’zbek estradasida yana bir yangi nom paydo bo’ldi. Suraj! Endi bu nomni tez-tez eshitib qolsangiz ajab emas. Zero, hozirda jiddiy ijod qilayotgan xonandaning ijod namunalari qisqa fursat ichida keng ommaga havola qilina boshlaydi. Ayni damda radiolar orqali jarang sochayotgan «Ro’molingni boylama» qo’shig’i hindcha ohangda ekanligi sizni hayratga solmadimi?
Agar biroz bo’lsada sizni fikrlashga undagan bo’lsa, mana bu fotosuratlariga ham bir nazar tashlang. Uni hind kinoyulduzi Shohruh Xonga o’xshatmadingizmi? Ha qaysidir ma’noda o’xshaydi, shunday emasmi? Biz bu haqda bilish istagida Surajga prodyuserlik qilayotgan «H.U.M.O» studiyasi rahbari Dj Rustambekka savol berganimizda hozircha javob berishni istamadi. Balki Suraj va Shohruh Xonning qandaydir qarindoshlik taraflari bordir. Yana kim biladi, deysiz.