Yangi nom: Komoliddin Zoirov!
O'zbek san'ati kundan kunga chin ma'noda iste'dodli yoshlar bilan boyib bormoqda. Ana shunday yoshlardan biri Komoliddin Zoirovning ijodi xususida to'xtalib o'tamiz va uning ilk taronasini e'tiboringiz markaziga havola qilamiz…
Komoliddin Zoirovning ilk taronasi «Mayli bor» deb nomlandi. Qo'shiqning so'zini yosh shoirlardan Serider yozgan bo'lsa, musiqa va o'ziga xos musiqiy sayqalni Shahboz (Sound Pro) amalga oshirgan. Qo'shiq shu kunlarda deyarli barcha FM to'lqinlari orqali jarang sochishni boshladi. Endilikda Komoliddin ilk taronasi uchun klip suratga olish ustida bosh qotirmoqda. Shuningdek, hozirda yosh iste'dod egasi Komoliddin Zoirovga Avaz Yakubov administratorlik faoliyatini olib bormoqda. SB.uz portali bugun Komoliddin Zoirovning ilk fotojamlanmasidan o'rin egallagan fotosuratlari hamda mp3 ko'rinishdagi ilk taronasi «Mayli bor»ni ko'chirib olishingiz mumkin.
Komoliddin Zoirovning «Mayli bor…» taronasini ko'chirib olish