Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
18 Sen, 2011

Yangi nom: Kamron!!!

KamronO'zbek estradasining yana bir yangi vakili bilan bugun sizni tanishtiramiz. O'zining raqslari bilan e'tiborni qozonishi tahmin qilinayotgan yosh xonanda Kamron haqida bugun qisqacha ma'lumotni siz azizlarga taqdim etamiz.

Kamron tahallusi ostida ijodni boshlagan Kamol 1989 yil 9 yanvar kuni tavallud topgan. Kamron 9 yoshidan boshlab musiqa bilan shug'ullanib keladi. 1999 yil 1-sonli musiqa maktabiga o'qishga kirib, 2004 yil tamomlagan. Bu ilmidan qanoatlanmagan Kamron yana o'z ustida ishlash maqsadida 2 yil mobaynida vokal mashg'ulotlari bilan ham shug'ullangan. Ijro etadigan qo'shiqlari pop, R&B, milliy estrada va shanson yo'nalishlarida. Kelajakda o'zbek estradasining yorqin vakillari qatorida ijod qilish niyatida.
Bugun biz sizlarga Kamronning fotojamlanmasidan bir qator fotosuratlarni e'tiboringizga tortiq etamiz. Yaqin kunlarda esa Kamron ijrosidagi «Raqsga tush» qo'shig'i va unga ishlangan videoklipni ham havola qilamiz.

Kamron

Kamron

Kamron

Kamron


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 30 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *