Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
6 Mart, 2010

Yangi nom: Humoyun Mirzo!

Humoyun MirzoXabaringiz bor, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Sardor Rahimxon o'tgan yili taqdim qilgan «Sen uchun» deb nomlangan konsert dasturida o'zining Humoyun Mirzo ismli yana bir shogirdini katta sahnaga olib chiqqan edi. Konsert dasturida Humoyun Mirzo «Telba» deb nomlangan ilk taronasini saroyga yig'ilgan tomoshabinlarga taqdim qilgan edi…

Hozirda barcha FM to'lqinlari orqali Humoyun Mirzoning aynan «Telba» taronasi tinglovchilar hukmiga havola qilib kelinmoqda. Qisqa muddat ichida qo'shiq o'z muxlislarini topishga ulgurdi. Shu kunlarda esa «Telba» uchun klip suratga olinmoqda. Eslatib o'tamiz, «Telba» taronasining so'zini Normurod Nazrullaev yozgan bo'lsa, musiqasini Iqbol Muhammadjonov bastalagan.

P.S.: Quyida sizning e'tiboringizga Humoyun Mirzoning ilk fotosessiyasidan bir nechta fotosuratlarni ham taqdim qilamiz. Ko'rib baho bering.

Humoyun Mirzo

Humoyun Mirzo

Humoyun Mirzo

Humoyun Mirzo


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 24 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *