Yangi nom: Dilso'z!
«New Star» Media prodyuserlik markazi rahbarlari Iqbol Muhammadjonov va Sardor Rahimxon bo'lajak yulduzlarga san'atning sir-asrorlarini o'rgatish va ularni chinakam san'atkor qilib tayyorlash yo'lida band. Bugun sizga markaz qoshida ijod qilib kelayotgan yosh latofatli xonanda Dilso'z haqida ma'lumot beramiz…
Dilso'zning ilk taronasi «Sevikli yorim» deb nomlanib, qo'shiqning mualliflari Iqbol Muhammadjonov, Botir Ergashev, Doniyor Mirzo hamda Shuhrat Zokirovdir. Dilso'z ijrosidagi ushbu taronaning prem'erasi 15 may kuni soat 21:00da «Vodiy sadosi», «Zamin FM» hamda «Grand» radiolari orqali bo'lib o'tadi. Hozircha esa Dilso'zning ilk fotojamlanmasidan munosib o'rin egallagan bir nechta fotosuratlarni tomosha qilishingiz mumkin.