Yangi musiqiy asar Jakhongir.uzdan!
Sermahsul ijodi bilan muxlislar qalbidan chuqur joy egallayotgan Jakhongir.uz, ayni vaqtda yangi musiqiy asar ustida ish olib bormoqda. Bundan 1 yilcha muqaddam uning «Orzular bekati» deb nomlangan musiqiy asari «Yoshlar» teleradiokanali orqali havola etilgan edi…Yangi asarda faqat musiqani tinglash mumkin. Lekin joy-joyida musiqaga effekt berish maqsadida, ovoz ham qo’llaniladi. Musiqa zamonaviy sokin ohangda yangraydi. Ushbu musiqaning prem’erasini Jakhongir.uz sentyabr oyiga mo’ljallamoqda. Shuningdek, tez kunda Jakhongir.uz ijodidagi kutilmagan yangilikdan bahramand bo’lasiz! Demak, portalimizni kuzatib boring va barchasiga birinchilar qatoridan bilib oling.