Yangi tarona: Otabek Mutalxo’jaev — «Onamni yig’latmanglar»!!!
Iste’dodli xonanda Otabek Mutalxo’jaevdan bugun portalimiz muxlislari uchun ajoyib yangi tarona prem’erasini taqdim etamiz. Otabek Mutalxo’jaev bu qo’shig’ida yigit kishining nolasini kuylashga ahd qildi. Ma’yus va nolali «Onamni yig’latmanglar» taronasini tinglab, ko’zingizga yosh kelsa ajab emas.
«Onamni yig’latmanglar» taronasida turli sabablarga ko’ra o’z onasidan uzoqda bo’lgan yigitlarning nolasi kuylanadi. Ushbu dardli tarona matn muallifi Zufar Davlatov, musiqa muallifi esa Otabek Mutalxo’jaev hisoblanadi. Qo’shiq aranjirovkasi esa Alisher Olimov ijodidan. Endilikda mazkur taronaga klip ham suratga olinishi rejalashtirilmoqda. Ishonamizki, klip orqali xonanda nima demoqchi ekanligini yanada to’liqroq ko’rsatib bera oladi.
Otabek Mutalxo'jaev - Onamni yig'latmanglar (99)