Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Yangi guruhi, yangi tarona: «Shadi» — «Samimiy»!!!
13 Fev, 2014

Yangi guruhi, yangi tarona: «Shadi» — «Samimiy»!!!

ShadiBugun SB.uz portali shou-biznes muxlislari diqqatiga yangi guruhni tanishtiradi. O’zbek shou-biznesida yana bir yangi guruh o’z ijodini boshlamoqda. «Shadi» deb nomlangan yangi guruh haqida sizlarga qisqagina ma’lumot berib o’tamiz. Shuningdek, ulardan ilk taronani tinglashga ham taklif qilamiz.

Ko’pgina qo’shiqlar muallifi, prodyuser va bastakor N’Zero o’zining navbatdagi «Shadi» deb nomlangan guruhini keng ommaga taqdim etadi. Ikki kishidan iborat bo’lgan ushbu guruhning a’zolari Alibek hamda Nafisa hisoblanishadi. Bu juftlik tomonidan ijro etilgan ilk tarona «Samimiy» deb nomlangan bo’lib, ushbu qo’shiq prem’erasini 14-fevral kuni soat 13:20da «O’zbegim taronasi» radiosida hamda 20:30da «Navro’z» radiosida tinglashingiz mumkin. 14-fevral sanasida tinglashga ulgurmaganlar uchun esa 15-fevral kuni soat 20:30da «Grand» radiosida ham mazkur qo’shiq jarang sochishini ma’lum qilamiz. Mazkur tarona musiqa va matn muallifi ham N’Zero hisoblanadi.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 276 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *