Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Yana Shohruhxonning konserti haqida… (+ 40ta fotosuratlar)
20 Fev, 2014

Yana Shohruhxonning konserti haqida… (+ 40ta fotosuratlar)

Shohruhxon 2014 konsert2014-yilning 15-16-fevral sanalarida estradamizning yorqin yulduzi Shohruhxon o’zining «Sen ketma» nomli yangi konsert dasturini taqdim etdi. Mazkur konsert dasturdan 70dan ortiq fotosuratlar taqdim etib, bir qator ma’lumotlarni sizlarga yetkazgan edik. Bugun yana shu mavzuga to’xtalamiz.

Bu yilning eng yaxshi konsert dasturlaridan biri so’zsiz Shohruhxonning konsert dasturi bo’lib yodda saqlanib qolsa ajab emas. Zero, muxlislar bilan to’lib toshgan konsert hali uzoq muddat yodda saqlanib qoladi. Biz konsertning 2-kuniga tashrif buyurdik. Bizga yetkazishgan xabarlarga ko’ra, konsertning 1-kuni 2-kunidan ham a’lo darajada o’tgan ekan. 2-kunining taasurotlarini o’zi yetarli bo’ldi bizga. Konsertda 4ta duet va 1ta trio tarona kuylandi. Konsertga ko’plab yulduzli mehmonlar tashrif buyurishdi. Jumladan, Tohir Sodiqov, Alisher Fayz, Manzura, Nilufar Usmonova, Shahzoda Matchonova, Dineyra, Sherzod Bin, Yodgor Nosirov, Farruh Komilov, Adiz Rajabov va boshqalar. Shu kuni Jamshid Xojiniyozov kelgan yulduzli mehmonlardan qandaydir reportaj olayotganini ko’rdik. Bilishimizcha, Jamshid Xojiniyozov yana FM 101 «O’zbegim taronasi» radiosi to’lqinlarida efir olib borishni boshlab yuborgan. Balki, aynan radio uchun qandaydir reportaj tayyorlangandir. Shohruhxon konsert davomida ilk bor katta sahnaga 2000-yil «Bolalar-shou» konsert dasturida chiqqanligini va unga ustozlik qilib, katta sahnaga Tohir Sodiqov olib chiqqanligini yodga olib o’tdi. Bugun sizlarga taqdim etadigan fotosuratlarimiz ham hamkorimiz «Star Media» foto va video studiyasi fotosuratchilari G’ayrat Ubaydullaev hamda Ibrohim Boymuhammedovlar tomonidan suratga tushirilgan. Qiziqarli va eksklyuziv fotosuratlarni tomosha qilishga sizlarni chorlab qolamiz.

Star media


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi, Tanlanganlar | 1 431 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *