Xusandan «Sog'indim»ning davomi…
So'nggi paytlarda barchaning diqqatini tortayotgan yosh xonanda Xusan ijodiga ham bir nazar tashlasak. Xusan tomonidan ijro etilgan «Sog'indim» taronasi shou-biznes olamida qaysidir ma'noda haqiqiy «bomba» bo'ldi, desak mubolag'a bo'lmasa kerak. Mana shu qo'shiqning davomi qanday natija berar ekan?
Xusan «Yig'larman» nomli yangi qo'shiq kuyladi va bu qo'shiq «Sog'indim» taronasining ramziy ma'nodagi davomi hisoblanadi. Botir Aliev musiqasi, Mashrab g'azali bilan kuylangan mazkur qo'shiq tez orada muxlislar hukmiga taqdim etiladi. Shuningdek, Xusan 25 may kuni gastrol safari bilan Farg'onaga yo'l olishi kutilmoqda. Darvoqe, Xusanga duet tarona kuylash taklifi tushdi. Duetdosh, Yodgor Nosirovning «Xijron» filmi orqali tanish bo'lgan Munisa Rizaevadir.