Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
28 Iyul, 2009

Xojimurodning ijodida tub burilish…

Xojimurod BekchanovEstrada olamida juda samarali ijod qilib kelayotgan xonanda Xojimurod Bekchanov Nurbek Rasulov she’ri va musiqasi asosida «Kel endi» deb nomlangan yangi tarona ustida ishlayotgani haqida xabar berdi. Shuningdek, Xojimurod ijodida biroz o’zgartirish kiritdi. Qanday o’zgarish deysizmi? Unda davomini o’qing…Gap shundaki, zamonaviy estrada yo’nalishidan biroz ortga chekinib, milliy yo’nalishdagi Boborahim Mashrab g’azali asosida «Mastonalarga» deb nomlangan taronani yozib tugatdi. E’tiborli tomoni bu qo’shiq uchun musiqalarning barchasi jonli tarzda chalindi. Jumladan, ut, tor, nay, doira, tanbur va g’ichchak. Undan tashqari, kuni kecha Xojimurod Bekchanov «O’zbekiston Vatanim manim» ko’rik tanlovida munosib ishtirok etdi. Eshitishimizga qaraganda, tez orada uning ilk yakkaxon albomi sotuvga chiqarilishi kutilmoqda ekan.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 21 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *