Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
9 Yan, 2010

Xojimurod Bekchanov bachkanalikdan yiroqlashmoqda…

Xojimurod BekchanovDeyarli har oyda yangi yaratgan taronalaridan biriga klip ishlab taqdim qilib kelayotgan xonanda «Nihol» mukofoti sovrindori Xojimurod Bekchanov, so'nggi paytda juda sermahsul ijod qilmoqda. Buni u ishlayotgan kliplari orqali bilish ham mumkin.

Xojimurod Bekchanovning »Amma keldi, hamma keldi» taronasiga ishlangan klipi uning avvalgi kliplaridan tubdan farq qiladi. Sababi, bu klipda oz bo'lsada syujet bor va klipda unchalik qizlar bilan to'ldirilgan sahnalar yo'q. Aktrisa Mehri Bekjonovaning klipdagi ishtiroki esa yanada qo'shiqning mazmunini ochilishiga xizmat qilgan. Shuningdek, Xojimurod Bekchanov 14 yanvar «Vatan himoyachilari kuni» munosabati bilan «Turkiston» san'at saroyida o'tkaziladigan bayram tadbirida yangi milliy estrada yo'nalishida yaratilgan «Kel endi» nomli qo'shig'i bilan chiqish qilishi rejalashtirilmoqda. Qo'shiqning so'zi va musiqasi Nurbek Rasulovga tegishli. Undan tashqari, avval yaratgan «Tobora» taronasi uchun qayta klip ishlashni ham rejalashtirib turibdi. 


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 36 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *