Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
24 Iyul, 2008

Xojiboy Tojiboev endi oramizda yo’q!!!

Xojiboy TojiboevQiziqchilik olamida o’z o’rniga ega bo’lgan, elimiz suygan so’z ustasi Xojiboy Tojiboev bugun bu foniy dunyoni tark etdi. Uni jigar sirrozi kasalligi olib ketdi. 24 iyul afsuski, o’zbek qiziqchiligi uchun og’ir keldi. Sevimli qiziqchimiz endi faqat audio va video tasmlarda, CD, VCD hamda DVD disklarda qoldi xolos…U son-sonoqsiz kulgu shinavandalarining ko’nglini zavqqa to’ldirgan. U minglab insonlarni chexrasida tabassum yugurishiga sababchi bo’lgan. Uning birgina kulgusi, jilmayib imo-ishora qilishi muxlislariga olam-olam quvonch bag’ishlagan.
Bugun 24-iyul kuni, tabarruk 53-yoshida, xalqimizning sevimli san’atkori, beqiyos iste’dod sohibi, O’zbekistonda xizmat ko’rsangan artist, kulgu darg’asi Xojiboy Tojiboev bu yorug’ olamni tark etdilar.
Ustoz san’atkorimizning shogirdlari, o’zbek qiziqchilari, chin muxlislari, «A’lo-FM» radiosi hamda SB.uz portali jamoasi nomidan Xojiboy Tojiboevning oila a’zolari va qadrdonlariga chuqur ta’ziya bildiramiz.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 51 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *