Vohidjon Isoqovning yangi qo'shig'i «Dalda» bo'ladi!
Bundan bir necha oy ilgari estrada olamida yana bir yosh xonanda o'z ijodini boshlagani haqida xabar bergan edik. Mana shu xonandaning ijodiy faoliyatini imkon qadar yoritib kelmoqdamiz. Bugun Vohidjon Isoqovdan yana bir yangilikni sizga ma'lum qilamiz.
Yosh xonanda Vohidjon Isoqov «Dalda» nomli yangi qo'shiq yozdi. Mahzun tarzda kuylangan ushbu qo'shiq yoshlarbopligi bilan ajralib turadi. «Tarona Records» studiyasida yozilgan ushbu qo'shiqning matni shoir G'ayrat Majidga tegishli, g'oyasi va musiqasi Jasur Javxanazarovniki. Yaqin kunlarda barcha radioto'lqinlarda birato'la prem'era qilinishi ketilayotgan mazkur qo'shiqni SB.uz portali orqali ham tinglash imkoniyatiga ega bo'lasiz.