Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
14 Dek, 2006

Visol oqshomiga aylangan tavvallud ayyom yoxud Yulduz Usmonova kelinchak!!!

Yulduz UsmonovaKutilmagan SENSATSIYA yuz berdi!!! Kecha o’zbek primadonnasi Yulduzxonim Usmonova o’z tavallud ayyomlarini eng yaqin insonlari davrasida nishonladi. Biroq, tug’ilgan kunga tashrif buyurgan hech bir mehmon shu kuni visol oqshomidan qaytishini hayoliga ham keltirmagan edi. Gapni qisqa qilib aytadigan bo’lsak, kecha Yulduz Usmonova hamda Mansurning nikoh to’ylari ham bo’lib o’tdi.

Ha, Shou-biznes olamida shunday holatlar ham kuzatilib turadi! Tavvallud ayyomga deb kelgan mehmonlar visol oqshomida dam olib ketishdi. Menimcha, hech kim bunday bo’ladi deb hayoliga ham keltirmagan edi. Biroq, aynan shunday bo’ldi!!!
Oddiy tadbirlarda qanday kiyimda yurish lozim bo’lsa, yulduzimiz ham avvaliga shunday kiyimda yurdi. Shodiyona ayni qizigan pallada esa Yulduz Usmonova oppoq kelinlar libosida paydo bo’ldi! Hamma hayron!!! Boshlovchilik vazifasi zimmasiga yuklatilgan Abdumo’min O’tbosarov davraga zags hodimasini taklif qilganida hamma hayratdan yoqa ushladi. So’ngra Yulduzxonim Usmonova hamda zabardast Mansur er va xotin deya e’lon qilindi!
Kechaning keyingi qismida guldasta uloqtirish marosimi bo’lib o’tdi. Yulduz Usmonova qo’lidagi guldastani ortiga uloqtirdi va uni sevimli shogirdi Dilfuza Ismoilova ilib oldi! Eng qizig’i shundaki, bir shart qo’yilgan edi: shartga ko’ra kimda-kim shu guldastani ilib olsa kelgusi yili xuddi shu sanada, ya’ni 2007 yil 12 dekabr kuni turmushga chiqishi shart. Bundan kelib chiqadiki, Dilfuza Ismoilova 2007 yil 12 dekabr kuni turmushga chiqishi lozim!!!
Nima bo’lganda ham biz ijodiy guruhimiz nomidan Mansur hamda Yulduz Usmonovaga baxt-saodat yor bo’lishini tilab qolamiz!

Yulduz Usmonova

Yulduz Usmonova

Yulduz Usmonova

Yulduz Usmonova

Yulduz Usmonova


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 177 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *