Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
14 Fev, 2009

Uzoq kutilgan loyiha «Kapalak»!

Ulugbek Rahmatullaev - Kapalak2007 yilda «M&TVA» taqdirlash marosimida «Yilning eng yaxshi erkak xonandasi» va «Yilning eng yaxshi klipi» nominatsiyalari g’olibi, «Nihol» mukofoti sovrindori Ulug’bek Rahmatullaev «Onangiz… yagona» loyihasini taqdim qilgan edi. Endi uning yangi loyihasi «Kapalak»ni qarshi oling!!! Barcha to’liq tafsilotlar va eng sara eksklyuziv rasmlarni hoziroq tomosha qilishingiz mumkin… Darvoqe, «Kapalak» qo’shig’ining prem’erasi 20 fevral kuni FM 105,8 MHz «Zamin» radiosi orqali bo’lib o’tadi.

Bir necha oy ilgari Ulug’bek Rahmatullaev o’z ijodxonasini tashkil qilganida, bizni taklif qilgan edi. O’sha paytlarda uning ijodxonasiga borganimizda, hammayoqni «Kapalak» rasmlari va har xil suvenirlar bor edi. Nima sababdan aynan «Kapalak» deb qiziqqanimizda, buni bir necha oydan keyin bilishingiz mumkin,-degandi.

Ulugbek Rahmatullaev - Kapalak

Ulugbek Rahmatullaev - Kapalak

Ulugbek Rahmatullaev - Kapalak

Ulugbek Rahmatullaev - Kapalak

Ulugbek Rahmatullaev - Kapalak

Ulugbek Rahmatullaev - Kapalak

«Kapalak» qo’shig’i yaralishi haqida qisqa ma’lumotlar…

Ulug’bek Rahmatullaevning ustozi Iqbol Muhammadjonov «Kapalak» qo’shig’ining muallifi.
Qo’shiqning musiqasini Bahtiyor Sobirov boshchiligidagi simfonik orkestri ijro qiladi.
Konservatori Rekords mahsuloti.
Ushbu qo’shiq 3 oy davomida tayyorlandi.

O’zbek shou-biznesida jonli musiqa bilan qo’shiqlarni yaratish ancha yoddan chiqqan edi… Ulug’bek Rahmatullaev bu narsani qaytarishga harakat qildi.

«Kapalak» taronasini yaratishda hatto studiyaning o’zida ham tunab ijod qilishga to’g'ri kelgan.

Ulugbek Rahmatullaev - Kapalak

Iqbol MUHAMMADJONOV: «Kapalak» taronasining matni bundan 15 yil muqaddam qo’limga tushgan edi. O’sha paytlarda ushbu she’rni qo’shiq qilish uchun harakat qilganman. Lekin ko’nglim hech to’lmagan edi. 15 yil deganda «Kapalak» qo’shig’i dunyoga keldi va bu qo’shiq aynan shogirdim Ulug’bek Rahmatullaevga taqdim qildim.
To’g'risini aytishim kerak, bu qo’shiq osonlikcha dunyoga kelmadi…

Ulugbek Rahmatullaev - Kapalak

Bahtiyor SOBIROV: Birinchidan Ulug’bek Rahmatullaev kuylaganidan hursand bo’ldim. Sababi Ulug’bek bilan shu paytgacha ko’p hamkorlik qilganmiz va har doim undan ko’nglim to’lgan. Bunga misol qilib, «Tushungin meni», «Sen ketding» va boshqa qo’shiqlarni keltirishim mumkin.
«Kapalak»ka keladigan bo’lsak, bu shou-biznes olamida yangilik!

Jalol RAHIMOV (Dj. Climber): Ulug’bek Rahmatullaev bilan 13 yillik qadrdonmiz. Ko’pchilik holatlarda u bilan fikrimiz bir joydan chiqqan. (Oydinlik Jalol Rahimov Ulug’bek Rahmatullaev tomonidan kuylanayotgan barcha qo’shiqlarning remiks ko’rinishlarini yaratgan).
«Kapalak» qo’shig’ining xomaki nusxasini Ulug’bek menga eshittirganda, menga juda yoqdi. Xullas bu qo’shiq dunyoga kelishida men ham ishtirok etishim kerakligini sezdim va men ishtirok etganimdan juda hursandman. Bunday san’at asarlari bu yaqin orada dunyoga kelmagan edi.

Ulugbek Rahmatullaev - Kapalak

Ulug’bek RAHMATULLAEV: To’g'risini aytaman, bu qo’shiq yozilishi oson bo’lmadi. Nega deyilganda boshqa qo’shiqlarimga qaraganda, «Kapalak» qo’shig’ini yaratish uchun 3 baravar ko’p mehnat va sarf – harajat bo’ldi. Undan tashqari mendan ko’p quvvat talab qildi. Menga juda ham bu qo’shiq yoqdi. «Kapalak»ni ustozim Iqbol Muhammadjonov aynan menga taqdim qilganlaridan boshim ko’kka yetdi. Ularni qaysidir ma’noda ko’ngillaridan chuqur joy ololganim uchun ham menga berdilar. Bu qo’shiq orqali ba’zi bir insonlarning ichki dunyosi qanday ekanligi fosh etildi. Bu qo’shiqni ijro qilishni rejalashtirganimdan so’ng, xattoki ijro qilmasligim uchun ba’zi insonlar yo’limni to’sishdi. Lekin bir narsani aytaman, bu qo’shiq aynan menga nasib qilgan ekan. Istardimki, bu qo’shiq o’z muxlislarini topishini va qilgan mehnatim qaysidir ma’noda ro’yobga chiqsa, bundan faqat men hursand bo’lardim. Fursatdan foydalanib, ustozim Iqbol Muhammadjonovga, aranjirovkachi do’stimiz Bahtiyor Sobirovga, yaqinlarimdan Jalol Rahimov (Dj. Climber) va albatta Durbek Shofayziyevga, «Konservatoriya Rekords» studiyasida ishlaydigan Davron, Botir va Hayrullaga hamda boshqa ko’plab insonlarga o’z minnatdorchiligimni izhor qilaman.

Ulugbek Rahmatullaev - Kapalak

Ulugbek Rahmatullaev - Kapalak

Ulugbek Rahmatullaev - Kapalak

Ulugbek Rahmatullaev - Kapalak

Ulugbek Rahmatullaev - Kapalak


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 57 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *