Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
26 Iyul, 2009

Uzoq kutilgan «Kirakash» filmi!

DiyoraBir necha oy ilgari kinorejissor Sohib Abbosxonning yangi «Kirakash» nomli film ishlayotgani haqida xabar bergan edik. Va nihoyat «Kirakash» filmi tayyor bo’ldi. Unda yosh xonanda Diyora bosh qahramon rolini ijro etgan… Shuningdek, Diyora muxlislari uchun ajoyib sovg’a tayyorlamoqda…Diyora ushbu filmda bosh qahramon obrazini yaratish bilan bir qatorda film uchun maxsus saundtrek qo’shiqni ham ijro etmoqda. Filmda bosh qahramon yigit obrazini iste’dodli yosh aktyorlarimizdan biri Alisher Uzoqov talqin qilgan. Undan tashqari Diyora muxlislari uchun ajoyib sovg’a tayyorlamoqda. Nima sovg’a ekan deb qiziqyabsizmi? Bu uning ilk yakkaxon albomidir! Albom «Chekinma» deb nomlanadi. Unda 14 tarona hamda Diyoraning 4 ta klipi o’rin oladi. Hozirda «Maxi studio» ovoz yozish studiyasida albom uchun maxsus intro musiqa yozilmoqda. Albom Mustaqilligimizning 18 yilligi hamda Toshkent shahrining 2200 yillik shodiyonalari arafasida sotuvga chiqariladi.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 195 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *