Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
12 Iyun, 2008

«Uz.TIM» «Bora-bora» klip oldirmoqda!

Uz.TIMEndilikda «Uz.TIM» guruhi ijodini yoritib borish haqida sizga ma’lum qilgan edik. Xo’sh, bu ikki yigitdan tashkil topgan guruh ayni damda nimalar bilan band? Qanday ijodiy izlanishda? O’zbek estradasida nimaga erishmoqchi? Barchasiga hoziroq javob oling!«Uz.TIM» guruhi ayni kunlarda yangi yozilgan «Bora-bora» qo’shig’iga klip suratga tushirish niyatida. Qo’shiq sho’x va e’tiborni o’ziga torta oladigan darajada ijro etilgan. Unga ishlanadigan klip ham o’ziga hos bo’lishi lozim. Bu qo’shiqdan so’ng esa bir ma’yus taronani muxlislar hukmiga taqdim etishni o’z oldilariga maqsad qilib qo’yganlar. Xo’sh, «Uz.TIM» o’zbek estradasida nimaga erishmoqchi ekan? Bu albatta ayon, imkon qadar estradaning yuqori cho’qqilarini zabt etish ilinjida. Bunga imkon va iste’dod yetarli! Albatta, vaqt oliy hakam!!! Barchasini vaqt o’tgach bilib olamiz!


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 33 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *