Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
«Uring jonim, uring» filmi prem’erasi bo’lib o’tdi!
12 Iyun, 2015

«Uring jonim, uring» filmi prem’erasi bo’lib o’tdi!

Uring jonim uring prem'era

Bugun Alisher Navoiy kinosaroyida bir guruh kinoijodkorlar tomonidan suratga olingan yangi «Uring jonim, uring» nomli oilaviy kinokomediyaning prem’erasi bo’lib o’tdi. Ushbu filmda Muhammadiso Abdulhayirov, Sevara Solieva, Ma’mur Sultonov kabi aktyor va aktrisalarimiz suratga tushishgan.

Film prem’erasi kinotomoshabinlar bilan to’lib toshdi. Kartina bir sirli qutiga asoslangan voqea bilan davom etadi. Film qahramonlari Karomat va Ali bir avtohalokat paytida sirli qutini topib olishadi va bu quti ularga qaysidir ma’noda quvonch olib kelsa, yana qaysidir ma’noda tashvishlarga duch qiladi. Bu quti orqali boyib ketishni orzu qilgan er-xotin, insoniy tuyg’ularni yoqotib qo’yishlariga ozgina qoladi. Qiziqarli voqeani o’z ichiga olgan «Uring jonim, uring» filmini ertadan boshlab yurtimiz kinoteatrlarida tomosha qilishingiz mumkin.

Fotosuratlar muallifi Timur Kabulov.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 0 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *