Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
ID Group
Bo'limlar menyusi
«Ummon»ning 2015-yilgi konsert dasturidan fotoreportaj!!!
27 May, 2015

«Ummon»ning 2015-yilgi konsert dasturidan fotoreportaj!!!

Ummon 2015 konsert O’zbek estradasiga kutilmagan holatda, kutilmagan natijalar bilan kirib kelgan «Ummon» guruhi bugun o’zining 2015-yilgi konsert dasturining ilk kunini o’tkazdi. Konsert dasturida zal «Ummon» bilan baravar kuylashini bir bor tinglashingiz kerak edi… Bu guruhning muxlislari darhaqiqat ularni qo’shiqlarini yoddan bilishlarini, haqiqiy muxlis ekanliklarini bugun yana bir bor isbotlashdi. Hech bir xonanda yoki guruhning yakkaxon konsert dasturida muxlislar bu qadar birgalikda jo’r bo’lib kuylashganini hozirgacha ko’rmagan edim. Tasanno, deyishdan o’zga so’z topilmaydi. Konsertga tashrif buyurgan yulduzlar orasida Shahzoda, «Afruz» guruhi hamda yosh aktrisa Sarvinoz Osmanovani ko’rishingiz mumkin edi. SB.uz portali esa doimgidek, siz azizlar uchun konsert dasturidan maxsus fotoreportajni taqdim etishga shay. Quyida siz azizlar uchun konsert dasturi davomida hamkorimiz «Star Media» foto va video studiyasi fotosuratchilari G’ayrat Ubaydullaev hamda Ibrohim Baymuhammedov tomonidan tushirilgan eksklyuziv fotosuratlar taqdim etilmoqda.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi, Tanlanganlar | 2 928 ta o'qildi | 1ta izoh

COOL.SB.uz -

1ta izoh

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *