Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
1 Yan, 2013

Umidaxon Qorqiz obrazida!

Umidaxon QorqizYangi yil kirib kelguniga qadar biz portalimiz orqali muxlislar uchun ketma-ket erkak yulduzlarimizning qorbobo obrazidagi fotosuratlarini taqdim etgan edik. Mana bugun kutilmaganda Umidaxonning Qorqiz obrazidagi fotosurati bizga yetib kelib qoldi. Bu fotosuratni siz azizlarga 2013 yildagi yana bir sovg'a sifatida taqdim etishga qaror qildik.

Umidaxon ham 2012 yil «Akfa-media» prodyuserlik markazi qoshida anchagina yutuqlarga erishganidan xabaringiz bor. Ketma-ket taqdim etilgan ajoyib qo'shiqlar va kliplar barchaga manzur bo'ldi. Ayniqsa, «Dema-dema» taronasiga ishlangan videoklip ko'pchilikka yoqdi. Kirib kelgan 2013 yilda ham biz Umidaxonga ulkan omadlar tilagan holda yaxshi ijod namunalarini taqdim etishiga umid qilamiz.

Umidaxon Qorqiz

Umidaxon Qorqiz

Umidaxon Qorqiz


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 930 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *